Xariddan 5% keshbek: Korzinka Go va TBC Bank hamkorligi
7.05.2025, Toshkent, O‘zbekiston – Korzinka Go ilovasi orqali amalga oshiriladigan xaridlarga to‘lash uchun TBC Bankning 5% keshbek beruvchi “Salom Card” kartalarini onlayn bepul buyurtirish mumkin.
Korzinka Go onlayn-supermarketi O‘zbekistondagi eng yirik raqamli bank boʻlgan TBC Bank bilan hamkorlik dasturini joriy etganini eʼlon qildi.
2025-yil 21-apreldan Korzinka Go onlayn-supermarketida TBC Bankning “Salom Card” kartalari yordamida buyurtmalar haqi to‘langanda, bank kartasiga xarid summasining 5 foizi qaytariladi. Keshbek keyingi oyning 1–10- sanalari oralig‘ida o‘tkaziladi, bu haqdagi xabar to‘lov kuni keladi. Hisoblangan keshbek tafsilotlarini bank ilovasida buyurtirish mumkin.
E-Grocery toifasidagi kompaniyalarning banklar bilan qo‘shma tashabbusilari xaridlar sonini koʻpaytiradi, o‘rtacha chek qiymatini oshiradi va foydalanuvchilarning naqdsiz shakldagi to‘lovga o‘tishiga xizmat qiladi, bu esa oʻz navbatida tranzaksiyalarning qayta ishlanishini soddalashtirib, amaliyot xarajatlarini kamaytiradi. Banklarga esa, hamkor-kompaniya mijozlari sirasidan yangi foydalanuvchilarni jalb qilish hisobiga auditoriya qamrovini kengaytirishda yordam beradi.
“TBC Bank bilan hamkorlik raqamli xizmatlarni rivojlantirish va moliyaviy hammaboplikni oshirishda muhim qadamdir. Biz Korzinka Go ilovasida onlayn xaridni yanada manfaatli qilib, 5% keshbek ko‘rinishida sezilarli afzallikni taklif eta olganimizdan mamnunmiz. Ishonchimiz komilki, ushbu tashabbus nafaqat mijozlarimizni xursand qiladi, balki O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lov madaniyatini yuklsatirishga ham turtki beradi", - dedi Korzinka Go elektron tijorat departamenti direktori Semyon Morgunov.
“Korzinka Go onlayn-supermarketi bilan hamkorlik TBC Bank mijozlarining kundalik xaridlardan ko‘proq foyda olishiga imkon yaratadi. Biz xizmatlarimizni yanada qulaylashtirib, foydalanuvchilarga esa oqilona xaridlarni amalga oshirishda yordam bergan holda, servisni rivojlantirishga intilamiz. Keshbek va raqamli vositalar tufayli, tejash va moliyani boshqarish oson bo‘ldi”, - deb qo‘shimcha qildi TBC Bank ATB depozitlar, debet va kredit kartalar departamenti rahbari Andrey Sepilin.
Korzinka Go va TBC Bank hamkorligi ikkala kompaniyaning O‘zbekiston moliyaviy va raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechimlarni joriy etishga, mijozlar tajribasini yaxshilashga va zamonaviy isteʼmolchilik odatlarini qo‘llab-quvvatlashga boʻlgan intilishini yaqqol aks ettiradi.
“Salom Card”ni bu yerda buyurtirish mumkin.
Kartani chiqarish va yetkazib berish – bepul.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Matbuot xizmati
Doniyor Rasulov
Telefon: +998 78 140 14 14
E-mail:
[email protected]
Kompaniya haqida
“Korzinka” – O‘zbekistondagi chakana savdo yetakchisi. Kompaniya 1996-yilda ta’sis etilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatning 12 ta hududida 150 ta savdo nuqtasini birlashtiradi: “Korzinka” supermarketlari, “uy oldida” formatidagi “Korzinka Mahalla” va “Smart” do‘konlari, “Korzinka Biznes” ulgurji savdo do‘konlari, shuningdek uchta darkstorga ega “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.
Oʻzbekistondagi TBC Bank haqida
TBC Bank – TBC UZ mobil ilovasi orqali mijozlarga to‘liq onlayn xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekistonning birinchi va eng yirik raqamli banki. U yetakchi Payme to‘lov xizmati va Payme Nasiya boʻlib toʻlash dasturini ham o‘z ichiga oluvchi TBC Uzbekistan ekotizimi tarkibiga kiradi.